So’nggi yangiliklar

16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0 15:39Топурия Абу-Дабида жанг қилмоқчи 0 15:17"Бу менинг дивизионим". Исроил Мадримов яна Кроуфорд билан жанг ҳақида гапирди 0 14:55Инсайдер Ислам Махачев учун қайси жанг тайёрланаётгани ҳақида гапирди 0 14:3236 ёшли Лионель Месси энг зўри! Копа Америка гуруҳ босқичининг рамзий термаси билан танишинг 0 14:10Хамзат Чимаев: "Ким бу ерда қирол эканлигини яқинда кўрсатиб қўяман" 0 13:49Велотрек бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 13:28Майкл Чендлер: "Менга Махачев билан жанг таклиф қилишди" 0 13:07Олти мамлакат мезбонлик қиладиган ЖЧ-2030 финали қайси стадионда ўтказилиши маълум 0 12:46Испания делегациясининг Париж Олимпиадаси учун экипировкалари тақдим этилди + ФОТО 0 12:25Кроуфорднинг мураббийи: "Улар жуда жиддий тайёргарлик кўришмоқда" 0 12:04Тўрт теннисчимиз Қозоғистондаги турнирнинг 1/8 финалига чиқди 0 11:43Ўзбекистон кубоги. Бугун иккита учрашув бор 0

20 avg 17:05
Yangiliklar

Boks/MMA

25 cent tufayli boksga kirib kelgan, hech qachon taslim bo'lmagan, onasining o'g'li Evander Xolifild haqida hikoya

Og'ir vaznda uch karra, super og'ir vazn toifasida 4 karra chempion, dindor, professional, fidoyi shaxs Evander Xolifild.

Bolaligi

Evander 1962 yil 19 oktabrda Alabama shtatidagi Atmore shahrida dunyoga kelgan. U to'qqiz farzandning oxirgisi edi. Bolaligida u otasini tanimagan, ammo onasi Laura Xolifild dindor, temir irodali ayol edi. Laura farzandlariga masuliyat va qatiylik hissini singdirdi. "U menga maqsadlar qo'yishni va ularga erishish uchun ko'p mehnat qilishni o'rgatdi, qatiy intizomni rivojlantirdi",-deydi Evander onasi haqida gap borar ekan.

“Mening bolaligim yaxshi o'tdi. Opalarim, akalarim, onam va buvim-meni yaxshi ko'rishdi. Onam menga yo'lda turgan yagona raqib har xil bahonalar ekanligini o'rgatdi. Men ishonadigan narsa va qilayotgan ishlarimgina taqdirimni belgilaydi. U menga odam bir marta o'ladi, qo'rqoqlar esa ming marta deb aytardi.

Onam meni kuniga uch marta kaltaklardi. O'shanda men uni yomon ko'rib qolardim, lekin ulg'ayganimda, agar onam bo'lmaganida Tayson singari qamoqxonaga tushib qolishim mumkinligini angladim.

Har bir qoida buzarlik uchun muayyan jazo bor edi. "Beshda uyda bo'lishingni so'rasam, beshda kelishing kerak!"-Ammo ona, men soat beshda keldim!- "Gapirma! Evander, sen allaqachon kechikding…" Bularning barchasi katta dars bo'ldi va shu bilan birga hamma narsa juda oddiy edi: Agar kamar olishni istasangiz, onangiz taqiqlagan narsani qilmang”

Sehrli 25 cent

Evander 4 yoshga kirganida oilasi Atalantaga ko'chib keldi. U va akasi Bernard ko'pincha hovlida qo'shni bolalar bilan o'ynardi. SHunday kunlarning birida qo'shni bolalardan biri sport klubiga ketyotganini aytib o'yin o'rtasida ketib qoldi.

Aka-uka Xolifildlar darhol sport bilan shug'ullanish uchun ajoyib imkoniyat va sharoitga ega bo'lgan Uorren bolalar sport klubiga borishni juda xohlashdi. Biroq kichik Xolifildda zalga azo bo'lish uchun pul yo'q edi, uni shu erda ishlaydigan bir ayol qutqardi. Uning turmush o'rtog'i Jimbo sport klubida murabbiylik qilardi. Xokkins xonim Evanderga 25 cent berdi va bu uchun Xolifild xonimdan shu kungacha minnatdor. Aka-ukalar avvaliga futbol bo'limiga yozilishdi. Zalning narigi chetida boks bo'limi bo'lib jamoa azolaridan boshqa hech kimning kirishiga yo'l qo'yilmasdi. Evander shu bo'limga qiziqa boshladi. Bu klubda boshqalardagi kabi shovqin bo'lmasdi va maxsus intizom hukm surgan. Bolalar ko'p ishlardilar, ularga oq tanli 50 yoshli Karter Morgan masul edi. U kam gapirardi, lekin gapirganida hamma bolalar uni tinglardi. Bir marta Evander o'tib ketayotgan Morgandan so'radi: ”Men sizning klubingizga borsam maylimi?”

Morgan 30 kg vaznli 8 yosh bolakayga qaradi va boshini chayqab chiqib ketdi. Bola murabbiyni yana bir necha marotaba bezovta qildi. Bolaning yoshi boks uchun kichik edi. Kichik Xolifildning raqiblari juda ko'p bo'lgan. Ammo u birinchi mag'lubiyat tamini uch yil o'tib-11 yoshida bilib oldi.

"O'n sakkiz yoshimgacha og'riqdan qo'rqardim. Odamlar meni hamisha jasur bo'lgan deb o'ylashadi. Hech narsa yo'q, men onamning bolasi edim"

Uning onasi har qanday zo'ravonlikka qarshi edi, biroq o'g'lining boks bilan shug'ullanishiga qarshilik qilmasdi. 11 yoshida Sesil Kollinz ismli yigitdan boksdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilganidan so'ng, Xolifild uyiga xafa bo'lib qaytdi. U onasiga sportdan ketmoqchiligini aytdi.

"Sen ringga qaytasan va o'sha bolani mag'lub qilasan. SHu ishni qilmaguncha hech qaerga ketmaysan",-dedi Enni Xolifild. Evander qaytib keldi va yana Kollinzga yutqazdi. Onasi uni yana jang qilishga undadi, bu safar g'alaba qozonishiga ishontirdi. Uchinchi to'qnashuvda Xolifildning qo'li baland keldi. U Everestni zabt etgandek xursand bo'ldi. "Mana, endi boksni tark etishing mumkin",-dedi Enni. Lekin yigitcha allaqachon o'zi uchun saboq chiqargan edi va hech qaerga ketmasdi.


U ikkinchi bor boksdan ketish fikriga keldi, ammo...

Bolaga Karter Morgan ham katta tasir ko'rsatdi. Murabbiy Evanderni ringda va hayotda o'zini qanday tutishni o'rgatdi. Bir marta Karter unga jahon chempioni bo'lishi mumkinligini, ajoyib jangchi bo'lishi aytdi. Bu gaplar oxir-oqibat Xolifildni buyuklikka olib boradigan katta yo'lga aylandi. Morgan uzoq davom etgan hastalikdan so'ng, 1878 yilda   Evander 26 yoshligida olamdan ko'z yumdi. Xolifild o'shanda boksni tashlamoqchi bo'ldi, ammo keyin bu qaror murabbiy falsafasini buzadi deb o'yladi. U sport zaliga qaytib, Karterning o'g'li Ted bilan mashg'ulotlarni boshladi.

O'rta maktabni tugatganidan keyin, u ikkita joyda ishlardi: qutqaruvchi va samolyot tankeri vazifasida. Biroq uning asosiy maqsadi Olimpiada edi. Har tong soat 4 da Xolifild yugurishga borardi, u erdan ishga, ishdan chiqib zalga kelardi.


Mahxurlik pillapoyaisdagi dastlabki qadamlar

1983 yilda AQSH Olimpiya Qo'mitasi Kolorado Spirings sport vestivalini tashkil etdi. Xolifild turnir favoriti Riki Vomakni engib birinchi o'rinni egalladi. Ushbu g'alaba uni qo'shma shtatlarining eng yaxshi bokschisiga aylantirdi. SHunga qaramay, qahramonimiz Pan Amerika o'yinlarida kubalik bokschiga yutqazib qo'ydi. Biroq keyingi yili Sent-Luisdagi "Oltin qo'lqop" turnirida g'olib chiqdi. O'shanda, u o'zidan 4 yosh kichik Mayk Tayson bilan uchrashgan. Turli vaznlarda bo'lishlariga qaramay, bolalar do'stona raqobatni ham boshlab yuborgandilar. Yakunda Mayk 5 ta raqibning 4 tasini nokaut qildi, ammo Evander 5 nafar raqibini nokautga uchratdi.

1984 yilda Los-Anjeles Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi va yarim finalgacha etib bordi. Yarim finalda Xolifild Yangi Zellandiya vakili Kevin Barriga qarshi ringga chiqdi. Ikkinchi raundda Evander raqibini chap qo'li bilan urib yiqitdi. Bu hodisa raund yakunlanishiga 13 soniya qolganida ro'y berdi. Hakam to'xtash buyrug'idan so'ng Xolifild zarba berdi deb hisobladi. Jangda raqibini diskvalifikaciya qilinishi orqali g'olib bo'lgan Kevin Barri haqiqiy g'olib kimligini anglab, Evanderning qo'lini ko'tardi. Amerika terma jamoasi etarli dalillar bilan norozilik bildirdi, ammo Xalqaro havaskor boks associaciyasi uni rad etdi. Ushbu qaror boks jamoatchiligi va muxlislarning g'azabiga uchradi. Amerikalik bronza medal bilan taqdirlandi.

SHunday qilib, Evanderning havaskordagi faoliyati 160-14, 75 KO rekord bilan yakunlandi. Uch oydan so'ng u birinchi yarim o'rta vaznda prof ringdagi debyutini o'tkazdi. 1985 yilda Polet va Evander Xolifildlar oilasida o'g'il farzand  dunyoga keldi. Biroz vaqt o'tgach, ikkinchi farzandi ham tug'ildi.


Unda hamma narsa bor bo'lganida otasi paydo bo'ldi

Xuddi shu paytda Evander onasi unga hech qachon aytmagan otasi bilan uchrashdi: “21 yoshimda Olimpiadadan bronza medal bilan qaytdim. Onam meni otamning oldiga olib bordi. Men: nega endi uchrashishim kerak? Men allaqachon boyman dedim. Onam esa menga «chunki men xohlayman",-dedi. SHundan keyin otam ikkalamiz bir-birimizga yaxshi munosabatda bo'ldik”

1984 yilning kuzida murabbiylari va otasining ko'magi bilan professional boksdagi faoliyatini boshladi. Birinchi jangini 15 noyabr kuni afsonaviy Madison Squer Garden'da Lionel Bayrmanni mag'lub qildi.

Prof boksda De Leoni engganidan keyin Evander og'ir vaznga o'tishini elon qildi. Vaznni oshirish uchun murabbiylar Project Omege nomli dastur ishlab chiqishdi. Yil davomida u yugurdi, suzdi, og'ir vazn bilan ishladi va aerobik mashqlarni bajardi. Bularning barchasini butun boshli instruktor guruhi boshqargan, ular tarkibiga bizga malum bo'lgan Tim Hallmark, orteped-jarroh, olimpiya suzuvchisi va hattoki balet o'qituvchi ham kiritilgan. Ularning yordami bilan Xolli kuchini, chidamliligini, tezlik va epchilikni oshirdi. Xolifild nonushta tarkibida yuqori proteinli ovqatlar va murakkab uglevodlar mavjud edi. Nonushta va ertalabki mashg'ulotlardan so'ng u bir necha soat dam olib, so'ngra boks mashg'ulotlariga yo'l oldi. Tushlik uchun sabzavotlar odatdagi parhezga qo'shildi. Kechqurun kardiojarrohlik mashqlari rejalashtirilgan edi. Hallmarkning so'zlariga ko'ra, bokschi kuniga 4-5 marta ovqatlangan.

SHunisi etiborga loyiqki, Evander Xolifild faoliyatini tugatganidan so'ng ham qatiy rejimga rioya qildi. Mana, uning 50 yoshida bergan intervyusidan parcha:

"Men go'sht eyuvchiman. Mol, qo'zichoq, cho'chqa, tovuq, baliq go'shti va dengiz mahsulotlari. Juda ko'p protein istemol qilishni afzal ko'raman. Haftasiga ikki marta qizil go'sht    istemol qilaman"


Xolifild-Tayson

Yakkama-yakka kurash paytida Tayson ham, Xolifild ham eng yuqori cho'qqisiga chiqmagan edi. Ulardan biri ko'plab og'ir janglarda qatnashgan, ikkinchisi esa qamoqda o'tirgan. Tayson Frank Bruno bilan jangda ega bo'lgan WBC kamaridan voz kechib, Lennoks Lyuisdan kamarini himoya qilish uchun emas, balki Xolifild bilan uzoq kutilgan uchrashuv uchun g'alaba qozondi. Bu jang uchun Tayson 30 million, Xolifild esa 12 million dollar oldi. SHiddatli to'qnashuv yakunida Evander Maykni texnik nokautga uchratdi. Jangdan so'ng Tayson 11 raundni eslolmaganini aytdi.

"Men o'zimni manmun his qildim. Meni doim Taysonga qiyoslashardi, uni mag'lub etolmasligimni gapirishardi. Bu dunyo sinovidan o'tishi uchun har bir shaxs uchrashishi kerak bo'lgan insonga ega. Jangdan keyin elkamdan tog' ag'darilgandek his qildim",-deya intervyu berdi Evander.


Revansh…Xolifildning taqvodorligi har doim ham xotiniga sadoqatini anglatmasdi

Xolifild-Tayson revansh jangi uchun muzokaralar boshlandi. Bu orada Evander bir nechta g'alabalarni qo'lga kiritdi. Braziliyalik Rodrigezni tezkor nokautga uchratdi, Aleks Styuardning yuzini qonli niqobga aylantirgani uchun jang to'xtatildi. 1990 yil fevral oyida hech kim kutmagan voqea yuz berdi: Mayk Tayson shov-shuvli tarzda Jeysm Duglasga 3 ta kamarini boy berdi va bu Xolifild jamoasi bilan muzokaralar o'rtasida sodir bo'ldi! Evander 1990 yil 25 oktabrda mutlaq chempion Duglas bilan bahslashdi. Xolifildning hayotida hamma narsa silliq emasdi, u ishtirok etgan dillerlik biznesi asta-sekin qulay boshladi va rafiqasi Polet Boven ajrashish uchun ariza berdi. Bu Xolifildning taqvodorligi har doim ham xotiniga sadoqatini anglatmasligi sababli sodir bo'ldi. U ko'plab ayol muxlislarning diqqat-markazida edi va hech qanday nikoh qasamyodi qilmoqchi emas edi.

Revansh jangini Xolifild faol boshladi, ikkinchi raundda bosh bilan to'nashuv natijasida Mayk o'ng ko'zining yuqorisidan jarohat oldi. Mayk Evanderning o'ng qulog'ini tishladi. Xolifild og'riqdan sakrab tushdi, jang to'xtatildi va Maykdan ikki ochko olib tashlandi. Bahs shiddatli tarzda davom etardi, shu payt Tayson raqibining boshqa qulog'ini tishlab oldi. Raund oxirida hakam- Mills Leyn tishlangan joylarni ko'rdi hamda Taysonni diskvalifikaciya qildi. Jangdan keyingi intervyusida Mayk buni Xolifilddan qasos olish uchun qilganini aytdi. Keyin u yana janjal chiqarmoqchi bo'ldi, ammo ringga yig'ilgan soqchilar va rasmiylar bunga to'sqinlik qildilar. Bu to'qnashuv o'sha paytdagi boks olamining eng daromadli voqeasi bo'ldi. Mayk ushbu qilmishi uchun 3 million dollar jarimaga tortildi. Tayson uzib olingan quloq parchasini saqlab qo'ygani, keyinchalik uni Xolifildga sovg'a qilgani haqida ko'p gapirilgan.  


Boksdan tashqarida va undan keyingi hayot, meros

Evander Xolifild bir necha marta teleseriallar va teledasturlarda suratga tushdi. 2005 yilda u "Yulduzlar bilan raqsga tush" da qatnashdi va avtobiografik kitob nashr qildi. Bundan tashqari hali ham sport zalida mashg'ulot o'taydi. 2000 yillarning oxirida u o'zining mashxur barbekyu shousini chiqardi.

Evanderning 4 ta xotinidan 11 nafar farzandi bor. Faoliyatida 100 million dollardan ko'proq pul ishlashiga qaramay, Xoli 2000 yillarning oxirida moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. SHu bilan birga 109 xonadan iborat hashamatli uyi musodara qilingan, deyarli barcha daromadlar qarzlar va to'lovlar uchun sarflangan.

"Men juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydim. 1996 yilda onam vafot etgach, muammolar boshlandi. Barcha pullar u orqali o'tardi, mening hisobchim edi. Men vaziyatni nazorat qilolmadim, yordam berish uchun oila azolarimga ishondim. Ammo ular tajribaga ega emasdilar, xatolarga yo'l qo'yishdi va buni mendan yashirishdi. Men puldan to'g'ri foydalanmadim",-deydi intervyularning birida Xolifild.

SHuningdek, u muntazam ravishda turli ijtimoiy roliklarda paydo bo'lardi, shifoxonalarga tashrif buyuradi. 2015 yilda rivojlanayotgan davlatlarda ko'rish qobiliyati cheklangan odamlarga yordam berish yo'lida pul yig'ish uchun vitr-duelda qatnashdi.


Evander Xolifild shunchaki "Mayk Tayson qulog'ini tishlagan yigit" emas. U-professionallik va fidoyilikning namunasidir. Tarixdagi eng buyuk chempionlardan biri

"Men obod joyda o'smaganman, menga faqat onam ishonardi. 8 yoshimda, ichimda nimadir sen Muhammad Aliga o'xshaysan va 20 yildan keyin chempion bo'lasan dedi. Bularning bari adashmaganim uchun sodir bo'ldi. CHunki men qila olmaysan deganlarning gaplariga quloq solmadim"-deydi, hayotiga nazar solar ekan qahramonimiz.

Uning faoliyatini ko'zdan kechirar ekanmiz, haqiqiy chempion va chin manoda shaxs ekanligiga guvoh bo'lamiz. Ularning hayoti yozilmagan kitob. Yuqorida 25 cent pul Evanderning boksga kirib kelishiga sabab bo'lganligi haqida so'z bordi. Har bir odamga hayotini o'zgartirish uchun minglab imkoniyatlar beriladi. Bunday imkoniyatlardan foydalana olganlargina tarixda nom qoldiradi… Afsona haqidagi materialni uning ajoyib gaplari bilan tugatmoqchiman.


"Men hech qachon qilmagan bir ish bor- men taslim bo'lmadim! Sizda doim ham yaxshi kunlar bo'lmaydi, lekin tushkunlikka  tushmang. SHunchaki, undan o'tishingiz kerak"


SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing