21 sen 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

32 yoshga to'lgan Xabib Nurmagomedov shu mavzuda fikr bildirdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov kecha, 32 yoshga to'ldi.
Tug'ilgan kunini Abu-Dabida nishonlagan Xabib bu borada o'z fikrini bildirdi.
"32 yil ham o'tib ketdi. Men uchun bu vaqt juda tez o'tib ketgandek tuyuldi, deyarli hech nimani sezmadim", - deya yozib qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini 24 oktyabr kuni Jastin Getjiga qarshi o'tkazadi. Jang Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar