01 jan 16:07
Yangiliklar
4 fevral kuni Nyu-Yorkda mutlaq jahon chempionligi uchun 2 ta jang o'tkaziladi
Aniqrog'i, 4 fevral kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomida ayol bokschilar mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko'tariladilar.
Oqshomning markaziy jangida yarimengil vaznda WBC, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni, Puerto-Rika vakili Amanda Serrano WBA kamari sohibi Erika Krusga qarshi ringga chiqadi. Agar Amanda jangda g'alaba qozonsa, mavjud 7 ta chempionlik kamarlari qatorida mutlaq jahon chempioni degan unvonni ham qo'shib qo'yadi.
Ikkinchi jangda birinchi engil vaznda WBC, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Alisiya Baumgardner davogar El Mexaledga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschi qizlar vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun jang qilishadi. WBA kamari egasi bo'lib kelgan koreyalik Xyon Mi CHxve Baumgardnerga qarshi jang qilmasligini malum qilganidan so'ng kamar egasiz qolgandi.
Fikrlar