22 fev 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

4 nafar o'zbek MMAchisi Qozog'istondagi oqshomda jang o'tkazadi
Aralash jang sanatlari ihlosmandlari uchun yana bir yaxshi xabar: Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha "OCTAGON" promoushenining 16-turniri bo'lib o'tadi.
24 fevral kuni tashkil etiladigan ushbu oqshomda 4 nafar hamyurtimiz mezbon sportchilarga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Vakillarimiz va ularning raqiblari ro'yxati bilan tanishing:
Ayollar:
O'g'iloy Nasimova - Anastasiya Jukova (engil vazn)
Erkaklar:
Sunnatillo Nasullaev - Tanibergen Maratov (engil vazn)
SHoxruhbek Latifjonov - Kadirdin Amirdinov (o'rta vazn)
Husniddin Hakimov - CHingizxan Aldibaev (super og'ir)
Turnir 24 fevral kuni 17:00 dan boshlab Sport telekanali orqali translayaciya qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar