04 sen 11:29
Yangiliklar
4 sentyabr - Butunjahon taekvondo kuni!
2000 yil Avstraliyaning Sidney shahrida o'tgan Olimpiya o'yinlarida ilk bor taekvondochilar qatnashishgan. 2006 yil Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida Bosh Assambleya tomonidan 4 sentyabr sanasini "Butunjahon taekvondo kuni" deb elon qilingan. SHundan buyon har yili ushbu sanada taekvondo kuni bayram qilinadi.
Bugungi kunda O'zbekistonda 20 mingga yaqin sportchi taekvondo bilan shug'ullanib kelmoqda. Ko'plab taekvondochilarimiz Jahon va Osiyo chempionatlarida oltin medallarga erishishgan. 2021 yil Tokioda o'tgan Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik Ulug'bek Rashitov oltin medalni qo'lga kiritdi va yurtimiz taekvondosi uchun yangi tarix yaratib berdi. 2022 yilda esa Svetlana Osipova Jahon chempionatida oltin medal qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik ayol taekvondochiga aylandi.
SHuningdek, kuni kecha Ulug'bek Rashitov yana bir tarixiy natija qayd etib, ketma-ket ikki bor Gran-pri turniri chempioniga aylangan ilk o'zbek taekvondochisi bo'ldi.
Fikrlar