08 sen 09:30
Yangiliklar
Tennis
43 yoshli Bopanna tarixdagi eng keksa "Katta Dubulg'a" turniri finalchisiga aylandi
Rohan Bopanna va Metyu Ebden AQSH Ochiq chempionatining juftlik bahslarida finalga chiqdi.
Ushbu tandem yarim finalda Nikolas Mayu va Per-Uga Erber juftligini 7:6, 6:2 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.
Bopanna hozir 43 yoshu 6 oylik. U Ochiq era tarixidagi eng keksa «Katta Dubulg'a» turniri finalchisiga aylandi.
Endi Bopanna va Ebden chempionlik uchun Rajiv Rom va Jo Solsberi sherikligiga qarshi kurash olib boradi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar