03 noy 14:39
Yangiliklar
Gimnastika
43 yoshli CHusovitina faoliyatidagi 17-jahon chempionatida qatnashdi
Sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi etakchisi Oksana CHusovitina Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etdi.
Hamyurtimiz o'zining sevimli tayanib sakrash bahsida bronza medalidan bir qadam ortda qolib, 4-o'rinni egalladi. Ushbu musobaqa 7ta Olimpiadada qatnashgan hamyurtimiz uchun faoliyatidagi 17-jahon chempionati sifatida tarixga kirdi.
“Men rekordlarga ortiqcha etibor qaratmayman. SHunchaki, bu sport turidan zavq olaman. SHu boisdan ham musobaqalarda qandaydir rekordlarni urish uchun emas, ko'nglim buyurgani uchun bajonidil ishtirok etaman. Nasib qilsa, kelasi yili o'zim uchun 18-jahon chempionatida albatta sovrinli o'rinlardan birini egallayman”, - dedi CHusovitina.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar