17 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

44 yoshli Oleynikning nega UFC 270'dagi jangdan olingani malum bo'ldi
UFC 270 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan janglarning birida juftlik o'zgargani haqida xabar bergan edik.
Rossiyalik 44 yoshli Aleksey Oleynik (59-15-1 MMA, 8-6 UFC) Greg Xardiga qarshi nega jang qila olmasligi oydinlashdi. U avtofalokatga uchragan. Sportchining o'zi jang qilish istagida bo'lgan, ammo shifokorlar unga ruxsat berishmagan.
"Aleksey yo'l transport hodisasiga uchraganidan so'ng, uni bir oyga chetlatishdi. O'zi jang qilmoqchi edi, ammo shifokorlar bunga qarshi bo'lishdi", - deydi Oleynikning jamoadoshlaridan biri.
Eslatib o'tamiz, Aleksey Oleynikning o'rnini kelib chiqishi moldova-ukrainalik bo'lgan 26 yoshli Sergey Spivak (13-3 MMA, 4-3 UFC) egallagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar