So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

20 mar 12:35
Yangiliklar

Tadbirlar

5 ta muhim tashabbusga bag'ishlangan "Yoshlar forumi"dan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida besh muhim tashabbus ijrosiga bag'ishlangan Forum o'tkazildi.

Bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev boshchiliklarida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yoshlarimizga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish kabi masalalarga alohida urg'u qaratilgan edi.

O'shanda davlatimiz rahbari yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgandi. Ushbu tashabbuslarning ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida besh muhim tashabbus ijrosiga bag'ishlangan Forum o'tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari Dilnoza Kattaxonova, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Xusan Turdaliev ishtirok etdi.

“Bugun hukumatimiz tomonidan aholining barcha qatlamlari, xususan yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, 2020 yil 30 oktyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida ham aholining salomatligini mustahkamlashga alohida etibor qaratilgan bo'lib, unga muvofiq, mamlakatimizda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish ko'zda tutilgan.

SHuningdek, Farmonga ko'ra, “Sog'lom turmush tarzi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda, O'zbekiston hududida bir sutka davomida o'n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so'mdan, har oyda har bir tuman (shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 300 ming so'mdan, har bir hudud bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 1 million so'm qo'shimcha ravishda o'tkazib boriladi. Bu esa aholi orasida sog'lom turmush tarzining yanada ommalashuviga xizmat qiladi,” – dedi Forumda nutq so'zlagan R.Ermatov.

Tadbir davomida mehmonlar shu erda tashkil etilgan sport burchagi va bu erda sport bilan shug'ullanib kelayotgan yoshlar bilan uchrashdi, o'zaro muloqot chog'ida ularning orzu-umidlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqishdi.

SHuningdek, tadbir davomida ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh yoshlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing