15 okt 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46829_220.jpg)
50 cent Nurmagomedov bilan muzokara o'tkazgani Dog'istonga boradi
Amerikalik 50 cent nomi bilan mashhur rep-qo'shiqchisi engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning taklifini qabul qildi.
Rossiyalik jahon chempioni qo'shiqchini Dog'istonga taklif qilgandi. Bir muddat avval 50 cent Nurmagomedovni Bellator turniriga taklif etgan va u erda jang o'tkazishi uchun 2 million dollar vada qilgandi.
“Xabib Nurmagomedovning taklifini qabul qilaman va u bilan uchrashgani Dog'istonga borganim bo'lsin. Hozir birinchi galda “Vlast” nomli teleserialni tugatib olishim kerak. SHundan so'ng Dog'istonga uchaman”, - dedi qo'shiqchi o'zining rasmiy Instagram sahifasida.
Havola :
Fikrlar