20 dek 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA
50 yoshli Anderson Silva boks jangida Tayron Vudlini nokautga uchratdi
Ayni daqiqalarda AQSHning Mayami shahrida asosiy jangi Entoni Joshua - Jeyk Pol bo'lgan "MVP" kompaniyasining boks kechasi davom etmoqda.
Oqshom doirasida o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Anderson Silva yarim o'rta vazn toifasida xuddi shunday unvonning sobiq egasi Tayron Vudli ustidan muddatidan oldin g'alaba qozondi.
Ikkinchi raundda Silva dastlab Vudlini aniq apperkot zarbasi bilan "silkitdi", keyin esa uni ringga qulatdi. Vudli hisob tugaguncha o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi, ammo hakam jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Endi Silvaning professional boksdagi faoliyati to'rtta g'alaba va ikki mag'lubiyatdan iborat. Vudli professional ringda uchta jang o'tkazib, barchasida mag'lub bo'lgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar