12 iyu 11:15
Yangiliklar
Futbol
56 yoshli Miura shartnomani uzaytirdi
Ayni damdagi eng yoshi katta futbolchi Kadzuyosi Miura 57 yoshiga qadar futbol o'ynaydi.
Portugaliya ikkinchi divizioni vakili "Oliveyrense" o'z tvitteri orqali 56 yoshli Kadzuyosi Miura bilan shartnoma 2024 yil yoziga qadar uzaytirilganini malum qildi. Yaponiyalik futbolchi "Oliveyrense"ga fevral oyida borib qo'shilgandi.
Miura professional futboldagi eng yoshi katta futbolchi hisoblanadi. 2023/24 yilgi mavsum uning faoliyatidagi 38-chisi bo'ladi.
Havola :
Fikrlar