22 mar 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
"6 may kuni tayyor bo'lamiz!": Aljameyn Sterling hozirgi sport formasini ko'rsatdi + FOTO
Amerikalik UFC chempioni Aljameyn Sterling o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga mashg'ulotdan so'ng Jey-Pi Bays va Amir Albazi bilan birga tushgan suratini joyladi.
"Biz bu vazifaga diqqatimizni qaratganmiz. Hozir harakatdamiz, damni keyinroq olamiz. Bu bolalar mendagi benzin qanchaga etishini va himoyam qandayligini tekshirmoqda. 6 may kuni tayyor bo'lamiz!", - deya yozgan Sterling surat ostidagi izohda.
Eslatib o'tamiz, Aljameyn Sterling ayni paytda hamyurti, sobiq uchtalik chempion Genri Sexudoga qarshi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu jang 6 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar