04 noy 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Abbosxon Yo'ldoshev kelasi hafta Toshkentda ringga chiqadi
O'zbekiston professional boks federaciyasi 10 noyabr kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida navbatdagi professional boks kechasini tashkil etadi.
Bu safargi prof boks oqshomi "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan o'tkaziladi. Lift Promoution promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turnir kardidan jami 9 ta jang o'rin olgan.
Etiborlisi, shu kuni Abbosxon Yo'ldoshev faoliyatidagi to'rtinchi jangini o'tkazadi. Qo'qonlik bokschi Qashqadaryo viloyati vakili Doston Pardaevga qarshi ringga ko'tariladi.
Abbosxon so'nggi jangini shu yilning 13 avgust kuni "Humo Arena"da SHohruh Kenjaevga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar