20 may 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdel-Aziz Maxachev - Usman jangi o'tkazilishini aytmoqda
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz P4P UFC reytingi peshqadami Islam Maxachev hamda yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Kamaru Usman o'rtasida jang tashkil etilishi mumkinligi haqida gapirdi.
Ali Islam UFC`ning ko'plab taniqli jangchilari singari Maxachevning ham menejeri hisoblanadi.
"Kamaru — yarimo'rta vazn toifasining barcha davrlardagi eng yaxshi jangchisi. U Dana Uaytning yoqtirgan jangchisi hisoblanadi. Ularning munosabatlari juda yaxshi. Usman — o'z divizionining mashhur ikkita jangchisidan biri. Agar Kamaru Baklini, Maxachev esa Della Maddalenani mag'lubiyatga uchratsa, biz keyin Islam - Kamaru jangini ko'rishimiz mumkin. Matchmeykerlar bu jangni tashkil etishni aniq xohlab qolishadi. Men esa o'z uyimda qolib, televizor orqali ushbu jangni tomosha qilaman. Men ham bu jangning o'tkazilish tarafdoriman", — deya Abdel-Azizning so'zlarini keltirmoqda Sportskeeda portali.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar