01 iyu 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdug'ofurov - CHudinov revansh jangi muddati haqida xabar berildi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Fyodor CHudinov hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov bilan imkon qadar tezroq revansh jangi o'tkazmoqchi.
"1 iyuldan mashg'ulotlarni boshlaymiz. Biz Abdug'ofurovdan revansh olishni istaymiz. Jang sentyabr oyida o'tkazilishi mumkin", — deydi CHudinovning murabbiyi Vitaliy Slanov TASS axborot agentligiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang shu yilning aprel oyida o'tkazilib, CHudinov charm qo'lqop ustamizga 93-97, 92-97, 91-98 hisobida yutqazib qo'ygandi. Jang yakunlanishi bilan har ikki bokschi revansh jangi o'tkazilishiga rozi ekanliklarini malum qilishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar