So’nggi yangiliklar

14:22Жаҳон кубоги. Кундузги дастурда рингга чиққан боксчиларимизнинг барида ғалаба. Олимпиаданинг амалдаги кумуш медали соҳиби мағлуб этилди 0 13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0

16 jan 17:30
Yangiliklar

Boshqalar

Abdulla Aripov endi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasiga ham raislik qiladi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 32-sonli qarori bilan “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 2018 yil 5 iyuldagi 507-son qarorga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, qaror muvofiq endi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi Kuzatuv kengashiga O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri raislik qiladi. 

O'z navbatida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy Jamoat kengashlari raislari etib belgilanib, ularning sport inshootlarida qurilish-montaj ishlarining borishi va ularning o'z vaqtida foydalanishga topshirilishi bo'yicha shaxsiy javobgarliklari oshirildi.

SHu bilan birga, jamg'arma mablag'lari hisobidan sport obektlarini qurishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va respublika hududlarida quriladigan obektlar loyihalariga tatbiq etish maqsadida jamg'arma hamda qurilish va loyiha tashkilotlarining malakali mutaxassislari xorijiy davlatlarga yuboriladi, shuningdek tajriba almashish uchun xorijdan mutaxassislar jalb etiladi.

Malumot uchun: Jamg'arma mablag'lari xayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan o'tkaziladigan homiylik o'tkazmalari, Davlat byudjeti mablag'lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 jan 10:59:19
LIVERPUL.NET
Liverpul.net sayti orqali kun davomida Angilyaning "Liverpul" futbol klubining barcha yangiliklarni tezkor va qulay ravishda kuzatib boring.


Saytimiz 24 soat davomida klubning turli xil yangiliklari, qiziqarli faktlar, malumotlar, statistika va videolavhalarni etiboringizga birinchilardan bo'lib yetkazib boradi. Marhamat, fan klubimizga tashrif buyuring http://liverpul.net
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing