08 fev 08:51
Yangiliklar
Sport kurashlari
Abdullo Aliev va Muhammadqodir Rasulov Zagreb Open turniri sovrindori
Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilayotgan Zagreb Open xalqaro turnirida yunon-rum kurashchilarimiz navbatdagi ikkita medalga ega chiqishdi.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida terma jamoamizning ikki vakili — Abdullo Aliev (77 kg) va Muhammadqodir Rasulov (87 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Aliev uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda bolgariyalik Stoyan Kubatovni, Rasulov esa mezbon yurt vakili Matey Mandichni mag'lubiyatga uchratdi.
Avvalroq, musobaqa doirasida amaldagi jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo'lga kiritgani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar