08 okt 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulmanap Nurmagomedov o'g'lini UFCdan ham jiddiyroq jazolashga vada berdi
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o'g'lining Konor Makgregorga qarshi jangdagi xatti-harakatidan jiddiy tarzda norozi bo'lganligini malum qildi.
"O'g'limga nisbatan keskin chora qo'llashga majburman. Yani, jazo albatta bo'ladi. Xatto UFC qo'llaydigan jazodan ham keskinroq bo'ladi. Har qandayholatda ham tartib-intizom birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Oktagonda hamma narsa qilish mumkin, lekin uning tashqarisida emas.
Oktagon tashqarisida yosh bolalar, keksalar va ayollar bor edi. Bu oddiy narsani unutib qo'ygan o'g'limni endi so'zsiz jazolayman", - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar