06 okt 10:54
Yangiliklar
Abdulrashid Sadulaev 5 karra jahon chempioni (Uchinchi kun natijalari + FOTO)
O'zbekistonlik kurashchilarsiz o'tayotgan musobaqaning uchinchi kuni erkin kurash bellashuvlari bo'lib o'tdi. Murosasiz final 97 kg vazn toifasida azaziy raqiblar - rossiyalik Abdulrashid Sadulaev va amerikalik Kayl Sneyder o'rtasida kechdi. Bellashuvda Sadullaev nomdor raqibini 6-0 hisobida engib, 5 karra jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, bundan ikki oy avval Tokio-2020 Olimpiadasining finalida ham bu ikki afsonaviy kurashchi o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda ham Sadulaev AQSH erkin kurash tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioni Kayl Sneyderni mag'lubiyatga uchratib, ikki Olimpiada chempioni bo'lgan edi.
Erkin kurash
70 kg vazn toifasi (26 ishtirokchi)
1. Magomedmurad Gadjiev (Polsha)
2. Ernazar Akmataliev (Qirg'iziston)
3. Evgeniy Jerbaev (Rossiya)
3. Zurabi Iakobishvili (Gruziya)
97 kg vazn toifasi (22 ishtirokchi)
1. Abdulrashid Sadulaev (Rossiya)
2. Kayl Sneyder (AQSH)
3. Mahamad Zakariev (Ukraina)
3. Mojtaba Goleyi (Eron)
Ayollar erkin kurashi
55 kg vazn toifasi (14 ishtirokchi)
1. Cugumi Sakurai (Yaponiya)
2. Nina Xemmer (Germaniya)
3. Oleksandra Xomenec (Ukraina)
3. Jenna Burkert (AQSH)
62 kg vazn toifasi (17 ishtirokchi)
1. Aysuluu Tinibekova (Qirg'iziston)
2. Kayla Mirakl (AQSH)
3. Nonoka Ozaki (Yaponiya)
3. Gantuya Enkxbat (Mo'g'uliston)
Fikrlar