29 okt 18:01
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Abdulrashid Sadulaev: "Men Xabib va uning jamoasi bilan do'stman, lekin..."
Ikki karra olimpiya chempioni Abdulrashid Sadulaev Xabib Nurmagomedov unga Jon Jonsga qarshi jangni taklif etganini malum qildi.
"Hamma uchun qiziq, lekin men o'zimni MMAda tasavvur qilmayman. Yaqinda Xabib bilan gaplashdik — u shu paytda Dana Uayt bilan Ozarbayjonda edi. Men ham Danani ko'rdim.
Xabib menga: "Jang qilmaysanmi? 500 ming dollar berishyapti. Jon Jons bilan chiqasan", dedi. Men unga: "Nega shunchalik arzon baholayapsan meni?" dedim.
Ertasiga esa Jons sportdan ketishini elon qildi! Men Xabibga dedim: "Buni bekor boshladik!".
Men Xabibning jamoasi bilan do'stman, lekin MMAga o'tish niyatim yo'q", — dedi Sadulaev.
Havola :
Manba : Ушатайка
Fikrlar