13 okt 08:34
Yangiliklar
Abdulrashid Sadulaevning Abu-Dabi turniridagi raqibi elon qilindi + POSTER
14 noyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan RAF turnirida Parij Olimpiadasining bronza medali sovrindori, Greciya sharafini himoya qilayotgan Dauren Kuruglievga qarshi gilamga chiqadi.
30 yoshli Abdulrashid Sadulaev iyul oyida Tbilisidagi turnirda tashkilotdagi debyutini omadsiz boshlagan edi — u Kayl Snayderga qarshi chempionlik bahsining uchinchi davrida 5-4 hisobida oldinda borayotganida tizzasidan jarohat olgandi. Sentyabr oyida esa "Tank" professional kurash ligasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritib, Moskvadagi turnirda amerikalik Zak Braunagelni 8-6 hisobida mag'lub etgan edi.
Dauren Kurugliev 2022 yilgacha Rossiya terma jamoasi safida harakat qilib, Evropa va jahon chempioni bo'lgan. 2023 yilda esa 34 yoshli dog'istonlik sport fuqaroligini o'zgartirdi va greciyalik sportchi sifatida Evropa chempionatida uch marta g'olib chiqib, Olimpiada bronza medalini qo'lga kiritdi.

Fikrlar