19 sen 18:18
Yangiliklar
Sport kurashlari
Abdulrashid Sadullaev 2017 yildan buyon ilk bor mag'lub bo'ldi
Rossiyalik erkin kurashchi Abdulrashid Sadullaev Belgraddagi jahon chempionati yarim finalida yutqazib qo'ydi.
U yarim finalda 20 yoshli Axmed Tajudinovga imkoniyat boy berdi.
Sadullaev 2:9 hisobida yutqazayotgan bir paytda jarohat sabab jangni davom ettira olmasligini malum qildi. U 2017 yildagi JCHdan beri ilk bor mag'lub bo'ldi. O'shanda u finalda amerikalik Kayl Snayderga yutqazgandi.
Malumot uchun, Abdulrashid Sadullaev ikki karra Olimpiada, besh karra jahon chempioni hisoblanadi.
Asli dog'istonlik, Bahrayn sharafini himoya qiluvchi Tajuddinov Maxachkalada aynan Sadullaev nomidagi maktabdan chiqqan. U Parij Olimpiadasi licenziyasini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar