06 apr 14:48
Yangiliklar
Sport kurashlari, Parij-2024
Abdulrashid Sadullaev: "Olimpiada umidi hali yo'qolmadi"
Erkin kurash bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni Abdulrashid Sadullaev licenzion turnirga qo'yilmaganiga izoh berdi.
"Ha, bu adolatsizlik va kutilmagan holat. XOQ talablariga zid ravishda rossiyalik sportchilarni chetlatmoqda. O'shanda men qora ro'yxatga tushmagandim va jahon chempionatida ham ishtirok etdim.
Avvaliga meni Ruminiyadagi musobaqaga qo'yishmadi. Endi esa tayyorgarlik ko'rib, musobaqaga yo'l olishga tayyorlanayotganimda menga borish mumkin emasligini aytishdi.
Men kurashishni, g'alaba qozonishni va muxlislarni xursand qilishni istayman.
O'z navbatida men qo'llarimni ushirmoqchi emasman, hali kurashaman va umidni yo'qotmayman. Uchinchi Olimpiada hali men uchun yo'qotilgani yo'q", - dedi Sadullaev.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar