So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 avg 19:28
Yangiliklar

Sport kurashlari, Qiziqarli!

Abdulrashid Sadullaev - sayyoramizning eng kuchli kurashchisi! U tarixiy trilogiyada g'olib bo'lib Tokioda oltin oldi. Ikkita Olimpiya o'yinlarida esa atigi to'rt ochko bergan...

Agar erkin kurashda ham boks va MMA kabi vaznidan qatiy nazar eng kuchli sportchi ro'yxati bo'lganida, so'zsiz Abdulrashid Sadullaev birinchi bo'lgan bo'lardi.

Agar Tokioga qadar qandaydir savollar bo'lgan bo'lsa, endi esa barchasiga nuqta qo'yildi. U Tokiodagi muhim finalda asosiy raqibi Kayl Snayderni mag'lub etdi, balki bu sport turini yangi bosqichga olib chiqmoqda. O'z natijalari bilan barchani erkin kurashni kuzatishga majbur qilmoqda. 

Sadullaev va Snayderning qarama-qarshiligi - afsonaga aylanib bormoqda. Ularning har ikkisi 25 yoshda, ularning to'qnashuvlari tarixda afsona bo'lmoqda 

Abdulrashid -86 kg vaznda barchani yanchib tashladi. Riodagi natijalari orqali u haqida gapirishga majbur qildi. Uning Riodagi bahslariga bir nazar solinsa:

- 1/8 final: 10:0, jang muddatdan avval yakunlangan.

- 1/4 final: 5:0 hisobida

- Yarim final: 8:1 hisobida amaldagi Olimpiya o'yinlari g'olibini mag'lub etdi.

- Final: 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Etibor bering, Rio davomida Sadullaev raqiblariga bittagina ochko berdi. Riodan so'ng esa vaznini 11 kg.ga oshiridi va -97 kg vazn toifasiga o'tdi. Bu vaznda esa Kayl gegemonlik qilayotgan edi. 

Sadullaevdan so'ng barcha Kayl va Abdulrashid qarama-qarshiligi haqida gapirishni boshlashdi. Birinchi final esa uzoq kutirmadi va 2017 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatining finaliga to'g'ri keldi. Finalda esa Abdulrashid 5:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi. 

Revansh esa bir yildan so'ng sodir bo'ldi va bu to'qnashuv ham Jahon birinchiligining finalida sodir bo'ldi. Barcha bu finaldan katta to'qnashuv ko'rishgandi, biroq bir yil avvalgi Abdurashid ancha o'sishga erishganini isbotladi va 73 soniyaning ichida raqibini muddatdan avval mag'lub etdi. Abdulrashid ikkinchi final uchun juda qattiq tayyorgarlik ko'rdi. U bir kunda uch mahal mashg'ulot olib borgan. 

Sadullaev va Snayder o'rtasidagi trilogiya Tokio Olimpiya o'yinlariga to'g'ri keldi. Finalga qadar ham rossiyalik barcha raqiblarini "bosib" o'tib ketdi va bir ochko yo'qotmasdan finalga qadar etib keldi. Finalda esa barcha kurash muxlislarning kutgan bahsi sodir bo'ldi. Sadullaev to'qnashuv boshida olti ochko oldi, keyin esa bemalol harakat qilishni boshladi va raqibiga uch ochko berdi. Bundan ortig'iga esa Snayderning kuchi etmadi. 

Sadullaev har tomonlama kuchli. U yangi vaznga o'tdi va u erda ham gegemonlik qildi. Xatolaridan to'g'ri xulosa chiqara oladi va gilamda o'z xukmdorligini o'rnata oldi

Sadullaev nega eng kuchlisi?

Birinchidan, u o'zi uchun qulay bo'lgan -86 kg vazn toifasidan voz kechdi va yangi chaqiruvni qabul qildi. Bir yo'la 11 kg vazn tepaga ko'tarilishdan qo'rqmadi. 

Ikkinchidan, Sadullaev faoliyati davomida bittagina bahsda mag'lub bo'lgan. Bu mag'lubiyatdan esa sportchi o'z ustida ishladi va xatosidan to'g'ri xulosa chiqara oldi.

Uchinchidan, uning janglari juda ham qiziqarli va yorqindir. U har tomonlama kuchli va muxlislarni o'ziga qarata oldi. 

To'rtinchidan, Abdulrashid gilamdan tashqarida ham ko'pchilik uchun o'rnak bo'lishga arziydi...

Nima bo'lgan taqdirda ham Abdulrashid Sadullaev barcha davrlarning eng kuchli kurashchilardan biri!


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

   
11 avg 19:42:15
Кунград
Рахмат Ниғмонхўжа Нозимов ажойиб таржима учун.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing