So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

21 apr 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Halakov jahon chempionatidagi asosiy raqiblar haqida gapirdi

Bokschimiz Abdumalik Halakov jahon chempionatiga tayyorgarlik va raqiblar xususida fikr bildirdi.

"Insonning maqsadi bor ekan, unga etishmagunicha charchoq bilmaydi. Jahon chempionatiga tayyorgarlik alo darajada ketyapti. Sparringlar o'tkazdik, o'z xatolarimiz ustida ishladik.  Jahon chempionatida raqobat kuchli bo'ladi. Raqibni mensimasdan ringga chiqish xato hisoblanadi. Har qalay bu jahon chempionati, unda oson va kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. Asosiy raqiblar sifatida Qozog'iston, Braziliya, Franciya vakillarini ayta olaman va yana 3-4 ta kuchli terma jamoalar bor. SHularning birinchi pog'onasida biz turibmiz (kuladi). 

Revansh olishim kerak bo'lgan bokschi afsuski, meni vaznimda ishtirok etmayapti. Nima ham derdik, agar peshonaga yozilgan bo'lsa, ringda uchrashib qolsak, g'alaba qozonib revansh olishga harakat qilaman.

CHempionatga boykot bergan davlatlar orasida u qadar kuchli bokschilar yo'q. Bitta Amerika kuchli, lekin okean ortida prof bokschilarning kuchliligi evaziga bu boykot amerikalik bokschilarga tasir o'tkazmaydi", - dedi Abdumalik Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing