So’nggi yangiliklar

10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

20 okt 16:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Xalakov: Raqibdan revansh olindi, oltin medal va vazifa bajarildi

Argentinadagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasiga so'nggi oltin medalni bokschimiz Abdumalik Xalakov taqdim etdi.

Ushbu muvaffaqiyat o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. U musobaqa davomida Argentina, Albaniya, Ukraina vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Bokschimiz finaldagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«O'yinlarga licenziya qo'lga kiritishning o'zi qiyin bo'lgandi. Budapeshtda o'tkazilgan jahon chempionatida beshta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongandim. O'shanda o'z oldimga o'smirlar Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lish vazifasini qo'ygandim. Bundan boshqa o'rinni o'ylab ham ko'rmagandim va tayyorgarliklarga zo'r berdim.

Garchi, muxlislar tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlagan bo'lsalarda, argentinalik bokschiga qarshi jangda ko'p ham qiynalganim yo'q. Finalda esa ukrainalik raqibga qarshi bahs qiyin bo'ldi. U jang davomida ring bo'ylab qochib yurdi. Ozarbayjonda o'tkazilgan musobaqada unga mag'lub bo'lgandim. Bu safar men revansh olmoqchi edim. O'zaro hisob-kitoblarimiz bor edi. Men ko'rsatmalarni to'liq bajardim. Endi kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida ishtirok etmoqchiman. Hali yanada rivojlanishim kerak. Kelajakda o'z imkoniyatlarimni kattalar o'rtasidagi Olimpiadada namoyish etmoqchiman», – dedi bokschi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing