25 sen 12:25
Yangiliklar

Abdumalik Xalokov Naoya Inoue bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi
"Inoue bilan jang? Federaciya va Olimpiya qo'mitasi rahbariyati bir marta prof boksda tushishga ruxsat bersa, men tayyorman. U 53 kg vaznda, men esa 57 kilogrammda jang qilaman.
O'ylaymanki, Murodjon Ahmadaliev kuchli bo'lib qaytadi. O'zining ichidan nima o'tayotganini o'zi biladi. Bu jangni juda ko'p kutgandi, shuning uchun "vyzov"lar ham tashladi. Lekin Murodjon Ahmadaliev bu jangda bor kuchi bilan ishlamadi. O'ylashimcha, Murodjon aka kuchli bo'lib qaytadi va o'zi Inoueni yutadi. Undan keyin biz gapirsak bo'ladi. Hozir akamizdan oldin "sakrashga" haqqimiz yo'q", dedi Xalokov.
Eslatib o'tish joiz, Naoya Inoue 14 sentyabr kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Fikrlar