So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

15 noy 18:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Xalokov oldindagi rejalari, qachon prof boksga o'tishini aytdi

Teglar :  Abdumalik Xalakov
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha -57 kg vazn toifasida g'olib bo'lgan Abdumalik Xalokov MOQ matbuot xizmati bilan suhbatlashdi.

— Parijdagi oltin medalni ustozingizga sovg'a qilganingiz haqidagi video qo'yilgan edi. Bu haqiqatmi?

"Ha, rost. Ustozimga medal sovg'a qilganimning sababi ular ham biz bilan bir xil mehnat qildilar. Men uchun murabbiylar ham medalga loyiq. SHu bois bilan 1 oktyabr kuni ularga medalimni sovg'a qilishga qaror qildim".

— Olimpiadada raqiblaringizdan yaqqol ustunlik qilganingiz uchun bazilar janglar engil o'tdi degan fikrda. Aslida ham shundaymi?

"Albatta, raqiblarim ustida ustozim juda ko'p ish qildilar va menga har bitta jangdan oldin taktika belgilab berdilar. Men qo'yilgan vazifani bajara oldim va janglarim engil o'tganday tuyuldi hamma uchun. Lekin, buning uchun 12 yil mehnat qilganmiz. Har bir raqibni birma-bir o'rgandik. SHuning uchun ko'p janglarim oson tuyuldi, lekin ichimdan nimalar o'tganini faqat o'zim bilaman. Hamma narsaning o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Biz ana shu qiyinchiliklardan o'tib oldik va shunday natijalarga keldik. Engil janglar ortida og'ir mehnat turibdi".

— Yangi Olimpiada sikliga tayyorgarlik va undagi rejalaringiz bilan ulashsangiz.

"Bizga 2 oy dam berishdi. CHunki 4 yil tinmay mehnat qildik. 1 haftadan so'ng tatil tugaydi va biz mashg'ulotlarga qaytamiz, yangi g'alabalar sari intilmamiz. Hozir yoshlar va kattalar o'rtasidagi Olimpiada chempioniman. Endi yana bir karra Olimpiada chempioni bo'lmoqchiman. Bundan tashqari, parallel ravishda professional boksda ham bir nechta jang o'tkazish rejam bor. Los-Anjelesdagi Olimpiadadan keyin to'liq prof boksga o'tib, hamma kamarlarni birlashtirmoqchiman va o'z vaznimda mutlaq chempion bo'lish niyatim bor", dedi Xalokov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing