24 apr 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdumalik Xalokov prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazadi, ehtimoliy raqib malum
29 may kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi o'tkaziladi.
Malum bo'lishicha, ushbu oqshom doirasida hamyurtimiz Abdumalik Xalokov ham ishtirok etadi. Unga o'sha kuni tanzaniyalik Ramadan Iddining raqib bo'lishi kutilmoqda.
Turnirning markaziy jangi esa super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokida kechadi.
Bu Abdumalik Xalokov uchun prof boksdagi uchinchi jang bo'ladi. U avvalgi ikki jangida raqiblari ustidan g'alaba qozongan. Ramadan Iddi hisobida esa 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar