24 mar 12:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Abdumalik Xalokov WBC Gran-Prisida ishtirok etmaydigan bo'ldi
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Abdumalik Xalokov jarohat oldi. 
			SHu sababli, bokschimiz WBC tomonidan tashkil etiladigan Gran-Prida ishtirok eta olmaydi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Xalokovning oyog'i lat egan va u musobaqa boshlangunga qadar (aprel oyigacha) tiklanishga ulgurmaydi.
Malumot uchun, ushbu musobaqada yoshi 26 ga etmagan va prof boksda 16 ta jang o'tkazib ulgurmagan iqtidorli bokschilar ishtirok etadi.
Avvalroq musobaqada Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov kabi bokschilarimiz qatnashishi haqida xabar bergandik.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar