27 fev 23:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalokovning Ispaniyadagi jangi muddatidan oldin yakunlandi
Bugun Ispaniyaning Sevilya shahridagi Centro Deportivo San Pablo majmuasida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida yarim engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Abdumalik Xalokov ham ringga ko'tarildi.
Hamyurtimiz Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib bordi. 6 raund etib belgilangan jang uchinchi raunddayoq yakuniga etdi. Abdumalik raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.
Bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangida qo'lga kiritgan ikkinchi g'alabasiga aylandi. Akunya hisobida esa endi 13 g'alaba, 12 mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar