19 jan 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdumalik Yorbo'taev Toshkentdagi PRIME FC turnirida "Maugli" bilan jang qiladi (POSTER)
Poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasi 30 yanvar kuni qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turnirini qabul qiladi.
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Abdumalik Yorbo'taev ham ushbu turnirda ishtirok etadi. "Abbi"ga turnir doirasida rossiyalik Magomedali "Maugli" Magomedov raqib bo'ladi.
Abdumalik faoliyati davomida MMA qoidalari asosida 5 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 27 yoshli "Maugli" Magomedov hisobida esa 7 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Toshkent mezbonligidagi PRIME FC turnirining markaziy jangi hamyurtimiz Bobur Qurbonov hamda rossiyalik UFC sobiq jangchisi Denis Tyulyulin o'rtasida kechadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar