20 avg 00:25
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Abdurahmonov Olimpiada chempionini mag'lub etdi, bronza uchun kurash davom etadi
Hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov Olimpiadadagi ilk bahsida rossiyalik erkin kurashchi Anuiar Geduevga 5:10 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
SHunga qaramay, uning raqibi finalga qadar etib borgani uchun Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keldi. Quvonarlisi, Bekzod ilk imkoniyatdan unumli foydalandi. U amerikalik raqibi Jordan Ernest Barrouzga qarshi gilamga chiqib, 11:1 hisobida zafar quchdi.
Etiborlisi, amerikalik erkin kurashchi London-2012 Olimpiadasi g'olibi, yani amaldagi olimpiya o'yinlari chempioni edi. Bu hali hammasi emas. Jordan uch karra jahon chempioni, ikki bor Jahon Kubogi sohibi, yana shuncha Pan-Amerika o'yinlari g'olibi edi. Endi Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun gilamga chiqadi. Unga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar