06 noy 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Abduraimov 8 noyabr kuni AQSHda uchinchi jangini o'tkazadi
Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQSHda o'zining professional boksdagi uchinchi jangini o'tkazadi.
AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasi mezbonlik qiladigan jangda hamyurtimizga kim raqiblik qilishi bugun malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Elnur o'zining ikkinchi jangida amerikalik charm qo'lqop ustasi Jovanni Gonsalesni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar