17 apr 12:33
Yangiliklar
Abduraimova va Svitolina qatnashgan turnirda rossiyalik 15 yoshli tennischi chempion bo'ldi
Rossiyalik 15 yoshli iqtidor egasi mukofot jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil etgan turnirning final uchrashuvida reytingning 265-pog'onasida borgan shveycariyalik Selin Nafdan ustun keldi - 1/6, 7/6(3), 6/0.
Etiborlisi, Mirra ikkinchi setda uchta setboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 5, Selin esa 4 breykka erishdi.
Malumot uchun, 15 yoshli Mirra Andreeva faoliyatidagi beshinchi ITF turniri chempionligini qo'lga kiritdi. U bugun elon qilingan reytingda 243-pog'onaga ko'tarilib oldi. 17 yoshli Naf esa ilk bor Top-220 reytingida debyut qildi.
Mirra 1/2 final uchrashuvida turnirning birinchi raketkasi, WTA reytingida 104-pog'onada borgan rossiyalik vatandoshi Nadya Podoroshkani 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan shu turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova hamda ukrainalik Elina Svitolina ham ishtirok etgandi.
Fikrlar