28 avg 09:22
Yangiliklar
Abdurasul Ismoilov Inouega qarshi chempionlik jangi uchun Yaponiyaga etib bordi
Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur oqshomda engil vazn toifasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Abdurasul Ismoilov (10-1) vakant bo'lib turgan WBO Asia Pacific kamari uchun jang qiladi. Ismoilov murabbiyi Nabijon Ismanov hamrohligida Kunchiqar yurtga etib bordi. Hamyurtimizga ertadan keyingi 12 raundlik jangda yaponiyalik tajribali bokschi Koki Inoue (16-1) raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Koki eng engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening amakivachchasi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Abdurasul Ismoilov so'nggi jangini shu yilning 11 mart kuni mo'g'ulistonlik Ochirsuren Amarsanaga qarshi o'tkazib, 2-raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Koki Inoue esa fevral oyida o'tkazgan oxirgi jangida Tailand vakili Pakorn Aemyodni nokautga uchratgandi.
Fikrlar