09 sen 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Abu-Dabi hukumati Nurmagomedov - Makgregor revansh jangini o'tkazishga tayyorligini bildirdi
BAA poytaxti Abu-Dabi shahri engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda promoushenning sobiq ikki vazn toifasi chempioni Konor Makgregor o'rtasidagi revansh jangini o'tkazmoqchi.
Bu haqida Abu-Dabi turizm departamenti boshlig'i Said Al-Said fikr bildirdi.
"Biz ikki buyuk jangchi o'rtasidagi revansh jangini o'tkazishdan behad baxtiyor bo'lardik. Abu-Dabi mezbonlik uchun tayyor va ishonchim komil, revanjni juda yuqori saviyada tashkil etib beramiz. O'ylaymanki, UFC prezidenti Dena Uayt ham bu taklifga qiziqish bildiradi. Biz bir nechta UFC turnirlarini o'tkazish orqali buni isbotladik", — deydi Al-Said.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov — Makgregor jangi 2018 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan va o'shanda dog'istonlik chempion raqibini to'rtinchi raundda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar