08 avg 13:26
Yangiliklar
Abu-Dabi UFC 333 turnirining asosiy jangi deyarli malum + FOTO
Vaziyatga yaqin manbalarning xabar berishicha, oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasi chempionligi uchun kechadi. Unda avstraliyalik amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan, rossiyalik mag'lubiyat va murosasiz Movsar Evloevdan o'z kamarini himoya qildi. Hozircha bu malumot UFC promousheni tomonidan rasman tasdiqlanmagan bo'lsa-da, haqiqatga yaqin ekani aytilmoqda.
Malumot uchun, Movsar Evloev mart oyida UFC`dagi o'ninchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U Londonda bo'lib o'tgan turnirda britaniyalik Leron Merfini hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan mag'lub etgandi. Bu chempionlik uchun davogarlik jangi edi.
Aleksandr Volkanovski esa o'tgan yilning aprel oyida vakant qolgan chempionlik kamari uchun kechgan jangda Diego Lopesni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionlik unvonini qaytarib olgandi. Joriy yilning yanvar oyida esa avstraliyalik sportchi braziliyalik raqibini revansh jangida yana bir bor hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi.

Fikrlar