29 may 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 123 turnirining markaziy jangida nokaut qayd etildi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida navbatdagi aralash yakkakurash kechasi tashkil etildi.
ACA 123 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Andrey Koshkin ukrainalik tajribali Aleksandr Butenkoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Birinchi raundning o'zidayoq Koshkin raqibining bosh qismiga yo'llagan ikkilik zarbasi nokdaun qayd etdi. Ammo, keyingi taqiqlangan zarba uchun Andreydan ikki ochko olib tashlandi. Ikkinchi raundda esa u qarama-qarshi zarbasi evaziga Butenkoni toza nokautga uchratdi.
Havola :
Fikrlar