18 sen 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA Emelyanenko - Ismailov revansh jangini o'tkazmaydi
Absolute Championship Akhmat (ACA) MMA-promousheni asoschisi Mayrbek Xasiev Aleksandr Emelyanenko va Magomed Ismailov o'rtasidagi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
Xasievning aytishicha, bu ikki rossiyalik yakkakurash ustalari o'rtasida ikkinchi jangni o'tkazishdan hech qanday mano yo'q ekan.
"Bu jang endi qiziq emas. Emelyanenkoning jangga tayyor holatda kelmagani haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Jang shuni ko'rsatdiki, Magomed Emelyanenkodan bir bosh ustun. Eski scenariy bo'yicha kechadigan jang bizga kerak emas", — deya Xasievning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, ilk jang 24 iyul kuni Sochi shahridja ACA 107 turniri doirasida o'tkazilgan va unda Ismailov Emelyanenkoni uchinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar