15 noy 18:36
Yangiliklar

Adam Yandiev kechagi voqeylikka ilk munosabatini bildirdi
O'rta vaznda sobiq UFC jangchisi hisoblangan Yandiev kecha "Lujniki"dagi MMA turniri chog'ida tadbirkor Ruslan Abdo hamda og'ir vazn toifasida Bellator jangchisi Sergey Xaritonovni do'pposlagan edi. Kutilmagan hujumga uchragan har ikki jabrlanuvchi og'ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
"Qadrli do'stlar, akalar, opa-singillar, barchangizdan kechirim so'rayman. Endigina telefonimga etib bordim. Biroz sabr qilsangiz, hamma haqiqatdan boxabar bo'lasizlar. Ertaga men bor gapni aytib beraman. Bu bo'yicha to'liq intervyu beraman. Unda bu shaxs bilan o'rtamizdagi munosabatlarning boshidan to oxirigacha aniq faktlarga tayangan holda malumotlarni taqdim etaman. SHu sababdan ham ayblashga shoshilmang. Ertagacha, qadrdonlarim!", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Yandiev.
Malumot uchun, Sergey Xaritonov kechagi voqeadan keyin bergan intervyusida Yandievning bir million rubl qarzi borligi va "ishkal" shuning ustidan chiqqanini aytgan edi.
Fikrlar