26 noy 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Adam Yandiev Sergey Xaritonov bilan yarashdi
Rossiyalik jangchi Adam Yandiev Sergey Xaritonovdan uzr so'ragani va mojaroning barham topgani haqida gapirdi.
«Xayrli kun do'stlar, assalom aleykum. Men mamnuniyat bilan Sergey Xaritonov bilan bo'lgan tushunmovchiligimiz bugun o'z yakuniga etganini malum qilaman. Bu nizo qon to'kilishi bilan davom etmaganidan xursandman. Hammamizda ham gunohlar bor, barcha insonlar kabi xatolar qilamiz.
Bugun Sergey bilan bo'lgan uchrashuvimiz barchasiga nuqta qo'ydi. Sergey o'z xatolarini anglab etdi, men esa o'z ayblarimni. Biz bir birimizdan kechirim so'radik. Bu Sergey tomonidan haqiqiy erkakcha yurish bo'ldi deya olaman. Hammasi qonun bo'yicha hal qilindi. Bir biringizga qo'l ko'tarmang, barchasini qonun bo'yicha hal qiling», -deb yozadi Adam Yandiev o'z instagram sahifasida.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar