27 sen 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/135821_220.jpg)
Adesanya endi kimga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytdi
UFCning o'rta vazn toifasida chempioni Israel Adesanya bugun Paulo Kosta ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Barcha o'tgan safargi jangimdan so'ng meni zerikarli jangchiga chiqarib qo'ygandi. Bugun men nima uchun eng zo'ri ekanligimni butun dunyoga ko'rsatib qo'ydim. Anderson Silva ushbu divizionda katta ishlar qilgan. Men ham shu vazndagi ishlarni davom ettirmoqchiman. Bu oson emas, lekin biz ishlayapmiz.
Men Jared Kannonerga yozib yubordim. Menga undagi energiya yoqadi, u yaxshi bola. Unga "Robert Uittakerni mag'lub et, keyingisi sen bo'lasan", dedim. Kannoner bunga loyiq. U men jang qilishni istaydigan keyingi sportchi", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar