04 mar 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya Jons - Gan jangi uchun taxmin bildirdi
UFC sobiq chempioni Israel Adesanya Jon Jons va Siril Gan o'rtasida o'tkaziladigan jang bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.
"Siril Gan o'yinda. U erta uyg'onish uchun sabab bo'ladigan yigitlardan biri. Siril g'alaba qozonadi deb o'ylayman, ammo natija Jonsning foydasiga bo'lsa ham hayron qolmayman. Jon uch yil jang qilmadi. Gan esa aksincha faol bo'ldi, u og'ir vaznlilarning yangi to'lqinini namoyon etadi. Oson harakatlanadi, turlicha zarbalar bera oladi, grepplingi ham yomon emas.
Ko'p jangchilar ham uch yildan so'ng qaytib, ajoyib formada bo'la olmaydi. Ammo Jons katta ehtimol bilan mana shundaylardan", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar