11 jan 17:10
Yangiliklar
Adesanya MMA faoliyatidagi eng ideal jangini aytdi. Bu Pereyra bilan revansh emas!
Asli nigeriyalik bo'lgan Israel MMA faoliyatidagi eng ideal jang deya braziliyalik Paulo Kostaga qarshi bahsni hisoblashini aytdi.
"Paulo Kostaga qarshi jang ideal bo'lgan. Menimcha, bu mening texnik jihatdan eng toza chiqishim edi. O'sha jangda men zarracha ham talofat ko'rmagandim, lekin o'zim raqibimga zarar etkazgan edim. Bu mening eng ideal chiqishim edi", - deya Adesanyaning so'zlarini keltiradi AgFight portali.
Eslatib o'tamiz, Israel va Paulo o'rtasidagi jang 2020 yilning 27 sentyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida tashkil etilgan UFC 253 turniri doirasida bo'lib o'tgandi. O'shanda Adesanya ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Israel uchun bu ikkinchi titul himoyasi edi.

Fikrlar