28 jan 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya: "Oq uydagi turnir? Siyosatchilar to'dasi oldida jang qilishni istamayman"
UFC sobiq chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya AQSH prezidentining rasmiy qarorgohi - Oq uyda UFC turniri o'tkazish g'oyasi haqida fikr bildirdi.
"Oq uydagi turnirda jang qilishni istaymanmi? Yo'q demasdim, lekin u erda haqiqiy MMA muxlislari bo'lishini istardim. Aslida MMAga befarq bo'lgan bir to'da siyosatchilar oldida jang qilishni istamayman. Muxlislar ham kelib, shouni ko'ra olishini xohlayman. Ha, bunday imkoniyatdan voz kechmasdim", — dedi Adesanya.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar