11 noy 19:20
Yangiliklar
Adesanya o'rta vazn UFC jangchilaridan qarshisida tiz cho'kishni so'radi
Uning aytishicha, Aleks Pereyrani chempionlik kamaridan mahrum qilgani uchun ushbu vazn jangchilari undan minnatdor bo'lishlari kerak ekan.
"O'rta vaznlilar qarshimda tiz cho'kib rahmat aytishlari kerak. CHunki bu bolani men diviziondan surib chiqardim. Agar bu ishni qilmaganimda, hammangizga boshog'rig'i bo'lar edi. Orangizdan kimdir u bilan jang qilish istagini bildirishiga ishonmayman. Men Aleks bilan to'rt marotaba jang qildim va faqat bittasida g'alaba qozona oldim", - dedi nigeriyalik sobiq chempion o'zining Youtube kanalida".
SHuningdek, Adesanya ertaga tongda o'tkaziladigan Aleks Pereyra va Irji Proxazka o'rtasidagi jangga ham o'z munosabatini bildirdi. Ertangi jangda yarim og'ir vazn toifasidagi yangi UFC chempioni aniqlanadi.
"Menga bu jang yoqyapti. Ularning ikkalasi ham nostandart jangchilar hisoblanadi. Men Irji g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayapman. Jang muddatidan avval yakunlanadi", - dedi Israel.
Fikrlar