06 iyu 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya: "Pereyra bilan jangni intiqlik bilan kutyapman"
O'rta vazn chempioni Israel Adesanya majburiy davogar Aleks Pereyra bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Bu mening keyingi jangim. Uning jangini ko'rdim. Yaxshi jang, lekin SHon Striklend, avval ham aytginmdek, o'z ishiga etibor qaratishi lozim.
Meni kikboksingda mag'lub etib, hozirgacha taqib qilayotgan bu yigit bilan men uchrashaman, chunki u mening qirolligimni biladi va buni mendan tortib olmoqchi.
Burchakda qolib ketganimda nima bo'lishini ko'rdingiz. Xullas, keyingi jangimda u bilan to'qnash kelishni intiqlik bilan kutyapman", - deya Adesanyaning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Israel Adesanya ham, Aleks Pereyra ham o'tgan haftaning yakshanba tongida jang qilishgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar