10 mar 13:58
Yangiliklar
Adesanya Pereyra - Gan jangida nokaut bo'lishini taxmin qildi
Adesanya ushbu qarama-qarshilik to'liq besh raund davom etadi deb o'ylamaydi va sobiq raqibining nokaut bilan g'alaba qozonishiga ishonadi.
"Umid qilamanki, Aleks Pereyra g'alaba qozonadi. U shunchaki aqldan ozgan. Uchinchi divizion chempionlik jangi. Gan hazil emas, u juda mohir jangchi. U raqib atrofida go'yoki raqsga tushadi, uni ushlash qiyin. U nokautga uchrashi mumkin, lekin bu jangda emas. Men Aleksning o'zi Ganni nokautga uchrata olishiga ishonaman", - dedi Adesanya o'z podkastining navbatdagi sonida.
O'tgan hafta oxirida og'ir vazn toifasida braziliya va franciyalik o'rtasidagi chempionlik jangi rasman elon qilingandi. Ushbu to'qnashuv 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirining ikkinchi eng muhim jangi maqomini olgan.

Fikrlar